21:21 / 27.12.2020
1 977

Neymar koronavirusning 3-to‘lqini arafasida Braziliyada 500 kishilik bayram tashkil qildi

Neymar koronavirusning 3-to‘lqini arafasida Braziliyada 500 kishilik bayram tashkil qildi
Foto: Twitter
PSJ hujumchisi Neymar Braziliyada katta bayram tashkil qildi va bu ko‘plab mamlakatlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. 28 yoshli futbolchi kechaga 500 kishini chaqirgan. Bayram pandemiya bo‘lishiga qaramay 26 dekabr kuni Neymaring Rio de Janeyrodagi uyida boshlangan va 5 kun davom etadi.

Hujumchi qo‘shnilarga xalal bermaslik uchun uyini ovoz o‘tkazmaydigan qilib jihozlagan. Kecha diskoteka formatida bo‘lib o‘tmoqda, uyda raqs maydoni, barlar, dijey uchun joy, mashg‘ulotlar xonasi va videoo‘yinlar uchun xona mavjud.

Mehmonlar ro‘yxati noma’lum. Kecha haqida ma’lumotlar tarqalib ketmasligi uchun mehmonlarga mobil telefonlar bilan kirish taqiqlangan. Bundan tashqari Neymar qo‘shnisining uyini 5 ming yevroga ijaraga olgan va musiqa guruhini olib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Neymar koronavirusning 3-to‘lqini arafasida Braziliyada 500 kishilik bayram tashkil qildi