Foto: «News.yandex.ru»
Birinchi marta Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirus yangi shtammi yana bir qit’aga yetib bordi. Kanadada ikkita kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda Ontario provinsiyasi saytida xabar berilgan.
Virusni yuqtirilganlar — Darem munitsipaliteti istiqomat qiluvchi er-xotin. Ular sayohatga chiqishmagan, yuqtirish xavfi ham yuqori bo‘lmagan. Hozirda ular o‘zlarini izolyatsiyaga olishgan.
26 dekabr yarim tunidan boshlab provinsiyada qattiq cheklov choralari joriy etilgan. Ontario COVID-19ni yuqtirish bo‘yicha Kvebekdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
26 dekabrda Fransiya va Ispaniyada yangi shtamm aniqlandi. Bir kun oldin, xuddi shunday shtamm Irlandiya va Yaponiyada, 24 dekabrda esa Germaniyada qayd etilgandi.
Koronavirusning xavfli mutatsiyasi Buyuk Britaniyada aniqlandi. Bugungi kunga kelib mingga yaqin yangi shtamm bilan kasallanish holati qayd etildi. Mutatsiya, shuningdek, Daniya, Belgiya, Niderlandiya, Avstraliya, Janubiy Afrikadagi bemorlarda ham kuzatilgan. Britaniyalik mutaxassislar koronavirusning ushbu turi tezroq tarqalayotganini ma’lum qildi.
20 dan ortiq mamlakat Buyuk Britaniya bilan transport aloqalari to‘xtatilishini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi