Koronavirusning kuchini kesadigan modda topildi

Koronavirusning kuchini kesadigan modda topildi
Foto: «Depositphotos / Ugreen»
Giperxolesterinemiyani davolashda ishlatiladigan fluvastatinlar koronavirusga qarshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bir guruh nemis va shved olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari «MedRxiv» portalida e’lon qilindi.

Mutaxassislar fluvastatinning SARS-CoV-2 translyatsiyasi va replikatsiyasini bosish orqali yuqtirilgan hujayralarga ta’sir qilishini aniqladilar.

Bundan tashqari, statin terapiyasini olgan COVID-19 bemorlarining klinik natijalari yaxshilangani qayd etilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, tadqiqot natijalari shundan dalolat beryaptiki, fluvastatin koronavirusga chalingan odamlar uchun qo‘shimcha xavf tug‘dirmaydi, aksincha, kasallikning kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar