date
views 3 153

Turmush qurishga ahdlashgan rossiyalik shifokorlar butun dunyoni hayratda qoldirdi (video)

Turmush qurishga ahdlashgan rossiyalik shifokorlar butun dunyoni hayratda qoldirdi (video)
Foto: Cosmopolitan
Rossiyalik 26 yashar jarroh Igor Anoxin va 24 yoshli anesteziolog Yekaterina Vnukovaning «qizil hudud»dagi sevgisi Daily Mail nashrining ham e’tiborini tortdi. Yangi yil arafasida Igor himoya kiyimlarini kiyib olgan hamkasblari qurshovida xavfli «qizil hudud»da sevgilisining qo‘lini so‘ragan.

Jarrohning aytishicha, 2020 yil aprel oyida tanishgan juftlik avvaliga shunchaki muloqot qilgan. Bir-birini yaqindan taniganidan keyin esa munosabatlar avj ola boshlagan. Shundan keyin yigit qizning qo‘lini so‘rashga ahd qilgan.

Krasnoyarskdagi klinik shifoxonada birga faoliyat yuritadigan shifokorlarning sevgi tarixi Daily Mail nashri tomonidan e’lon qilinganidan keyin yer yuzidagi turli millat vakillarining e’tiborini tortgan.

Foto: Cosmopolitan
Shundan keyin mahalliy aholi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xavfli hududda kasallik bilan kurashayotgan ikki shifokorga baxt tilagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turmush qurishga ahdlashgan rossiyalik shifokorlar butun dunyoni hayratda qoldirdi (video)