Foto: «RIA»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSH prezidenti Donald Trampning ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunti bloklanganiga izoh berdi va o‘zini Oq uy rahbari bilan taqqosladi. U Telegram-kanalida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
«Endi biz Tramp bilan o‘xshashmiz: ilgari u meni ijtimoiy tarmoqlarda bloklab qo‘ygandi, endi Parvardigori olam adolatni tikladi. Natijada isyonkor Donald Trampning akkauntlari ham bloklandi», — deya yozib qoldirgan u.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Tramp demokratiya va inson huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lganida edi, u bilan bunday vaziyat yuzaga kelmas edi.
Avvalroq bir qator eng yirik ijtimoiy tarmoqlar Trampning akkauntini bloklab qo‘yishgandi. Bundan tashqari, Twitter bilan YouTube Trampning Kapitoliy oldidagi namoyishchilarga murojaat qilib, ularni uylariga ketishga undagani va ovozlar undan «o‘g‘irlangani» da’vo qilingan videoni bloklab qo‘ydi. Keyinchalik Amerika rahbarining Twitterdagi akkaunti blokdan chiqarildi.
6 yanvar kuni respublikachilarning isyonkor tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirib, Senat zalini qurshab olishdi. Senat va Vakillar Palatasining o‘tgan saylov natijalarini tasdiqlash rejalashtirilayotgan yig‘ilishi to‘xtatildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident saylovlarida Bayden g‘alaba qozondi. Namoyish paytida besh kishi halok bo‘ldi. Politsiya 70 ga yaqin tartibsizliklar ishtirokchilarini hibsga oldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi