Foto: «RIA Novosti»
Buyuk Britaniyaning Push Doctor onlayn maslahat platformasi bosh tibbiy mutaxassisi Den Banston koronavirus bilan kasallanib o‘tganlikni qanday belgilarga qarab bilish mumkinligi haqida gapirib berdi, deb yozadi «RIA Novosti».
Ta’kidlanishicha, COVID-19 odamga yuqqanidan keyin o‘zining hech qanday belgilarini namoyon qilmasa ham, u ko‘pincha organizmda uzoq muddatli oqibatlarni keltirib chiqaradi, shu jumladan, kasallikni simptomsiz o‘tkazganlarda ham. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, agar odam uch oy mobaynida o‘zini ob’ektiv sabablarsiz behol his qilsa, bu boshdan o‘tkazilgan kasallikni bildirishi mumkin.
«Ehtimoliy simptomlar juda keng ko‘lamga ega va har bitta odamda bir xil namoyon bo‘lishi amri mahol, lekin odatda holsizlik va charchoqni, bosh og‘rig‘i va mushaklardagi yoki bo‘g‘imlardagi og‘riqlarni o‘z ichiga oladi», — dedi Banston.
Uning eslatishicha, bu holda odam antitanalarga test topshirib, COVID-19’ga chalinib o‘tganiga ishonch hosil qilishi kerak. Shu bilan birga, u lohaslikka sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar haqida unutmaslikni maslahat berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi