Foto: The Drive
Ontario shtati politsiyasi GTA Exotics avtosaloniga tegishli bo‘lgan qora Lamborghini Urus’ni qidiruvga berdi. Mijoz 10 ming dollar garov evaziga krossoverni ijaraga olgan, biroq mashinani qaytarmagan, deb yozadi Motor. O‘g‘ri kuzatish datchigini o‘chirib qo‘yganidan so‘ng, avtosalon egalari huquq-tartibot idorasiga murojaat qilgan.
Mashina o‘g‘risi noodatiy Lamborghini Urus’ni tanlagan: krossover Widebody «obvesi» va qizil saloni bilan ajralib turadi. Mashina 650 ot kuchiga ega (850 Nm) to‘rt litrli V8 «tvin-turbo» dvigateli yordami harakatga keladi. Agregat sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Avtomobilning soatiga 100 kilometr tezlikka erishishi uchun 3,6 soniya yetadi, maksimal tezligi — 305 km/soat.
Foto: The Drive
GTA Exotics’da bu kabi Urus’ning ijarasi 200 dollarli sug‘urta bilan sutkasiga 1500—1600 dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, mijoz unda kuniga 160 kilometrdan ortiq harakatlanmasligi kerak. Lamborghini Urus narxi 200 ming dollardan boshlanadi, biroq noodatiy jihozlanishga ega mazkur model ancha qimmatroq turadi.
Foto: The Drive
Foto: The Drive
Kanadalik Urus’ni avtosalondan dekabr oyida olib ketgan, biroq avtomobil yo‘qolgani to‘g‘risida politsiyaga 11 yanvarda xabar berilgan. GTA Exotics avtoparkidan o‘g‘irlab ketilgan Lamborghini’dan tashqari boshqa ko‘plab qimmat avtomobillar ham mavjud: Porsche, Ferrari va McLaren sportkarlari, shuningdek, hashamatli Rolls-Royce, jumladan 1963 yilgi Silver Cloud III. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi