Foto: «AGN»
Koronavirus eng ko‘p zararni odamning o‘pkasiga yetkazadi, shuning uchun kasallikni yuqtirish va uni qanday o‘tkazishda biz nafas olayotgan havoning ta’siri katta. Bu haqda allergolog-immunolog Vladimir Bolibokka tayanib, «RBK» xabar bermoqda.
«Havoning tozalik darajasi sezuvchanlikka ta’sir qiladi, u qanchalik iflos bo‘lsa, nafas yo‘llarimizning har qanday virusli infeksiyaga, shu jumladan, koronavirusga nisbatan ta’sirchanligi ortadi». — dedi shifokor.
Bolibokning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanmaslik uchun kun davomida, shu jumladan, uxlayotgan paytda ham toza havodan nafas olish kerak. Shifokor yotoqxonalarni changdan tozalash kerakligini aytdi, chunki ko‘p vaqtimiz yotoqxonada o‘tadi. «Boshqa xonalarda esa uyg‘oq bo‘lganimiz uchun havoning tarkibi va sifatini nazorat qilib turamiz. Kerak bo‘lsa, xonani shamollatamiz yoki undan chiqib ketamiz», — deb tushuntirdi Bolibok.
Avvalroq immunolog Vladislav Jemchugov ham xonani yaxshilab shamollatish COVID-19 kasalligidan saqlanishga yordam berishi mumkinligini aytgandi. Shamollatish va changlarni tozalash havodagi patogenlar konsentratsiyasini kamaytirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi