2 579
Hindistonlik ayol pasportini yo‘qotib qo‘ygani uchun 18 yil Pokiston qamoqxonasida o‘tirdi
Foto: Times Now News
Hindistonning Maharashtra shtati, Aurangabod shahrida yashaydigan ayol pasportini yo‘qotib qo‘ygani sababli 18 yil umrini Pokiston qamoqxonasida o‘tkazdi. Bu haqda Times Now News xabar beradi.
2003 yilda erining qarindoshlaridan xabar olish uchun Pokistonning Lahor shahriga borgan 65 yoshli Hasina Begum pasportini yo‘qotib qo‘ygani tufayli ozodlikdan mahrum qilingan. U 18 yil davomida aybi yo‘qligini aytib, uni qo‘yib yuborishlarini so‘ragan.
Pokiston hukumati Hindiston politsiyasidan Begumning Aurangabadda uyi borligi va u yerda ro‘yxatdan o‘tgani haqida hisobot olganidan keyingina ayolni qo‘yib yuborishga qaror qilgan. Politsiya ma’lumotlarida ayol Hindistonning Uttar-Pradesh viloyati, Saxaranpur shahrida yashaydigan Dilshad Ahmedning turmush o‘rtog‘i ekani aytilgan.
Pokiston qamoqxonasidan qo‘yib yuborilgan ayol Hindiston hukumatiga topshirilgan. Ayol ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirganidan keyin vataniga qaytib, o‘zini jannatdagidek his qilayotganini aytib, uni qamoqxonada majburlab ushlab turganini qo‘shimcha qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi