16:10 / 02.02.2021
1 771

Ilon Mask maymunga kompyuterda o‘yin o‘ynashni o‘rgatdi

Ilon Mask maymunga kompyuterda o‘yin o‘ynashni o‘rgatdi
Foto: Legion Media
Ilon Mask asos solgan Neuralink neyrotexnologik kompaniyasi maymunga videoo‘yinlarni o‘ynash imkonini beradigan chipni uning miyasiga muvaffaqiyatli o‘rnatdi, deb xabar beradi Bloomberg.

«Bizda chanog‘iga mayda simlarga ega simsiz implant o‘rnatilgan va o‘z aqli yordamida videoo‘yin o‘ynay oladigan maymun bor», — deydi Mask Clubhose ilovasidagi yozishmalarida.

Biznesmenning so‘zlariga ko‘ra, implant ko‘zga tashlanmaydi, maymun esa «baxtli». Neuralink mutaxassislari tez orada tajribada ishtirok etayotgan maymunlar bir-biri bilan «intellektual ping-pong» o‘ynashi mumkinligiga umid qilmoqda. Mask taxminan bir oydan so‘ng, videoo‘yin o‘ynayotgan maymunlarning videosini namoyish etishga va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 28 avgust kuni ixtirochi-milliarder Ilon Mask miyasiga chip o‘rnatilgan cho‘chqani namoyish etgandi. Ta’kidlanishicha, Maskning Neuralink kompaniyasi tomonidan yaratilgan chip nevrologik kasalliklarni davolash imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Neuralink kompaniyasi o‘zining yangi texnologiyasini 2019 yilda taqdim etgan. «Tikuv mashinasi kabi» maxsus robot ipga o‘xshash elektrodlarni inson miyasiga chuqur joylashtirib, uni bemor qulog‘iga qotirilgan «qabul qiluvchi kapsula»ga ulaydi. Avvalroq Mask bu turdagi mukammal texnologiyalarni yaratishga qancha vaqt talab etilishi borasidagi savollarga 5-10 yil, deb javob qaytargan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask maymunga kompyuterda o‘yin o‘ynashni o‘rgatdi