11:06 / 09.02.2021
1 965

Xitoy raqamli valyutani sinovdan o‘tkazish uchun fuqarolarga 1,5 million dollar tarqatadi

Xitoy raqamli valyutani sinovdan o‘tkazish uchun fuqarolarga 1,5 million dollar tarqatadi
Pekin mamlakat markaziy bankining raqamli valyutasidan foydalanish bo‘yicha eksperimenti doirasida 1,5 million dollarga yaqin mablag‘ ajratadi, deb xabar beradi shahar hukumati sayti. Ilgari, shunga o‘xshash tajribalar Shenchjen va Suchjou shaharlarida o‘tkazilgan edi.

Rasmiylar raqamli valyutada 200 yuan (taxminan 30 dollar) oladigan 50 ming kishini tanlab oladi. Ular 10-17 fevral kunlari ko‘rsatilgan oflayn va onlayn-do‘konlarda pul sarflashlari mumkin. Yo‘llanma faqat Xitoy fuqarolariga yoki Gonkong, Makao va Tayvanda yashash huquqiga ega bo‘lgan odamlarga beriladi.

Xitoy Xalq Banki raqamli valyutani ishlab chiqarishni boshlagan, u amaldagi to‘lov dasturlariga o‘xshash ishlashi kutilmoqda. Valyuta hukumat tomonidan nazorat qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy raqamli valyutani sinovdan o‘tkazish uchun fuqarolarga 1,5 million dollar tarqatadi