14:00 / 13.02.2021
1 442

Reuters: Yil boshidan buyon Navalniy jamoasiga 300 ming dollar bitkoin xayriya qilindi

Reuters: Yil boshidan buyon Navalniy jamoasiga 300 ming dollar bitkoin xayriya qilindi
Foto: Forbes
Muxolifatchi Aleksey Navalniyning jamoasi 2021 yil 1 yanvardan 11 fevralgacha xayriya tarzida 6 242 bitkoin qabul qilgan. Bu kriptovalyutasining hozirgi kursi bo‘yicha 300 ming dollarni tashkil etadi, deya xabar qilmoqda Reuters.

Ta’kidlanishicha, bu miqdor Navalniy sheriklari tomonidan 2020 yilda qabul qilib olingan bitkoinlar qiymatidan ham yuqori.

Navalniy shtabi rahbari Leonid Volkov yanvar oyida xayriya mablag‘lari dekabrga nisbatan ikki baravarga oshganini aytdi, ammo qancha pul kelib tushganligi va ularning qanchasi bitkoinda ekanligiga aniqlik kiritmadi. Volkov xayriya miqdorini 300 ming dollarga baholash noto‘g‘ri ekanligini ta’kidladi, chunki ularning aksariyati kriptovalyuta kursi ancha past bo‘lganida qilingan.

Bitkoindagi eng katta xayriya Navalniy Rossiyaga qaytgan kunning ertasiga (1 bitkoin), shuningdek, 23 yanvardagi namoyishlar arafasida va namoyishdan so‘ng (0,86 va 1 bitkoin) o‘tkazildi. «Bizga juda katta miqdorda xayriya qilishdi. Aksariyat oddiy odamlar xayriya qilgan», – dedi Volkov.

Ma’lumot uchun, Navalniyning shtabi 2016 yildan beri kriptovalyutada xayriya mablag‘larini qabul qila boshlagan. Ularning hamyonlariga 658 dan ortiq bitkoin tushgan. Bu hozirgi kurs bo‘yicha taxminan 31 million dollarni tashkil etadi.

Volkovning ta’kidlashicha, bitkoinlardagi xayriyalarning umumiy miqdori keltirilgan miqdorning uchdan biriga teng.
Nashr tomonidan ushbu xabar tayyorlanayotgan paytda Navalniy jamoasining elektron hamyonida 1493 bitkoin bo‘lgan.

Navalniy jamoasi, shuningdek, to‘lovlarni bank va karta o‘tkazmalari hamda PayPal orqali qabul qiladi. Volkovning ta’kidlashicha, Bitkoin xayriyasi odatda jami mablag‘larning taxminan 10 foizini tashkil qiladi. «Ammo yanvar oyida bunday bo‘lmagan», – deya qo‘shimcha qildi u.

Coindeck kriptovalyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Bitkoinning dollarga nisbatan kursi 47 340 dollarni tashkil qilmoqda. Tesla elektromobillar ishlab chiqaruvchisi 8 fevral kuni bitkoinga 1,5 milliard dollar sarmoya kiritganini va kelajakda kriptovalyutani o‘z mahsuloti uchun to‘lov sifatida qabul qilishini e’lon qilganidan keyin bu ko‘rsatkich sezilarli darajada oshgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Reuters: Yil boshidan buyon Navalniy jamoasiga 300 ming dollar bitkoin xayriya qilindi