Foto: «Super.ru»
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Clubhouse ijtimoiy tarmog‘i orqali muloqot qilishga chaqirdi, deb yozadi «Kommersant’». Bunday taklifni biznesmen Twitter’da bildirdi.
«Siz bilan suhbatlashish katta sharaf bo‘lgan bo‘lardi», — deb yozdi Mask rus tilida Rossiya prezidenti rasmiy sahifasini «teg» qilib.
Clubhouse — 2020 yil aprelida ishga tushirilgan yopiq ijtimoiy tarmoq. Unga ulanish uchun boshqa ishtirokchilardan taklif olish kerak. Muloqot virtual xonalarda ovoz yordamida amalga oshiriladi.
Ilon Mask — dunyoning eng boy odamlaridan biri. U Bloomberg va Forbes reytinglarida tegishli ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallaydi. Bloomberg uning boyligini 195 milliard, Forbes esa 177 milliard dollarga baholaydi.
Avvalroq Ilon Mask Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbat o‘tkazgan edi. Ular Turkiyadagi davlat va xususiy kompaniyalar bilan SpaceX’ning turli sohalarda, birinchi navbatda, kosmik texnologiyalar hamda sun’iy yo‘ldoshlar qurish sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin