23:16 / 18.02.2021
2 120

Rossiya qurollarining katta qismi Yaqin Sharq mamlakatlariga sotilyapti

Rossiya qurollarining katta qismi Yaqin Sharq mamlakatlariga sotilyapti
O‘tgan 2020 yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarning yarmidan ko‘pi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlariga sotilgan. Bu haqda “Rostex” korporatsiyasi rahbari Sergey Chemezov maʼlum qildi, deya xabar bermoqda IslamToday nashri.

Eksport va yetkazib beriladigan nomenklatura hajmi o‘sishidan tashqari biz mintaqada hamkorlik hududini ancha kengaytirdik”, – dedi Chemezov. Uning taʼkidlashicha, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada qurol bozorining muhim buyurtmachilari joylashgan, umumiy qurol-yarog‘ bozorining uchdan bir qismi aynan shu hududga to‘g‘ri keladi.

Sergey Chemezovning aytishicha, hududda Rossiya qurollariga talab yuqori, chunki bu qurollar quruqlikda, dengizda va havoda murakkab sharoitlarda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. “Mintaqa biz uchun juda muhim”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qurollarining katta qismi Yaqin Sharq mamlakatlariga sotilyapti