Nyu-York universiteti, Nyu-Yorkdagi Genom markazi va Maunt-Sinay tibbiyot markazining olimlari SARS-CoV-2 koronavirusining «britancha», «afrikacha» va «braziliyacha» shtammlarining mutatsiyasi virus patogenining zararliligini sakkiz baravarga oshirib yuborishi mumkin. Mutaxassislarning maqolasi eLife ilmiy jurnalida e’lon qilingan va «Phys.org» nashridagi press-relizda bu haqda qisqa ma’lumot berib o‘tilgan.
Shoxdor oqsildagi D614G mutatsiya odatda «G variant» deb ataladi va u 2020 yil boshida paydo bo‘lgan. Bu SARS-CoV-2 virusining AQSHda keng tarqalgan turlaridan biri. Tadqiqotlar davomida olimlar D614G virusini o‘pka hujayralari, jigar va insonning yo‘g‘on ichagidagi hujayralarga kiritgan. Xuddi shunday jarayon original turdagi virus bilan ham amalga oshirilgan.
Natijada D614G tajribasida transduksiya, ya’ni hujayradan hujayraga ko‘chib o‘tish ortib ketgani yoki virusning original SARS-CoV-2’dan sakkiz baravarga kuchaygani kuzatildi. SARS-CoV-2 parchalanishda yana ham barqarorlashgan, oqibatda hujayralarni zararlash qobiliyati oshgan.
Olimlarning taxminicha, D614 mutatsiyalashgan koronavirusiga qarshi vaksinalar yangi shakldagi virusdan ham himoya qila oladi, biroq bunda boshqa ko‘plab mutatsiyalar kabi inson immunitetiga aks ta’sir qilish holatlari kuzatilishi mumkinligini hisobga olgan holda qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi