Foto: «UPI»
Uelsning Dolgellau shahrida border-kolli zotli bir yoshli it Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng qimmat ovcharka sifatida kiritildi. Bu haqda UPI xabar berdi.
Ginnesning rekordlar kitobi vakillari Kim laqabli border-kolli kim oshdi savdosida 38,8 ming dollarga (taxminan 408 million so‘m) sotilganligini qayd etishdi. It Farmers Marts kim oshdi savdosi uyi tomonidan tashkil etilgan onlayn-auksionda sotuvga qo‘yilgan.
Oldingi rekord Xenna laqabli ovcharkaga tegishli bo‘lib, u 2020 yil oktabr oyida 26 ming dollarga (taxminan 237 million so‘m) sotilgan.
Kim narxining yuqoriligi kim oshdi savdosi itning birinchi tug‘ilgan kuni arafasida o‘tkazilgani bilan izohlanmoqda.
Kimni boqib katta qilgan fermer Dyul Jenkins uning intellekti uch yoshli ovcharkaning darajasiga yetganligini aytmoqda.
«U hamma ishni bajaradi: mol va qo‘ylarni boqadi, fermada ishlashga va har qanday sinovlarga tayyor», — dedi Jenkins. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi