Foto: «Comments.ua»
Amerikaning «Pfizer» farmatsevtika kompaniyasi o‘z tvitterida joylagan xabarga ko‘ra, uning koronavirusga qarshi vaksinasini Selsiy bo‘yicha -25 ...-15 daraja haroratda ham saqlash mumkin.
Umuman olganda, barcha vaksinalarni saqlash uchun standart harorat: -46...-36°C. Farmatsevtika muzlatgich kameralarining ko‘pi bunday imkoniyatga ega.
«Bugun biz o‘z tadqiqotlarimizni AQSH oziq-ovqat va dori-darmonlar boshqarmasi bilan muhokama qildik. Yangi ma’lumotlar bizning Covid-19ga qarshi vaksinamizni -25°C dan -15°C gacha haroratda ham saqlash mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bu farmatsevtika muzlatgich kameralari va oddiy sovutgichlar uchun standart harorat», — deyiladi «Pfizer» xabarida.
Holbuki, kompaniya shu paytgacha «Pfizer» vaksinalarini -70°C dan yuqori bo‘lmagan o‘ta past haroratda saqlash kerakligini uqtirib kelgan. Shuning uchun ham AQSHda vaksinatsiyalash arafasida «maxsus» muzlatgich kameralar bozorida chinakam tartibsizlik yuzaga keldi. Barcha shifoxonalar va mahalliy hokimiyatlar vaksinalar saqlanadigan muzlatgichlarni birinchi bo‘lib qo‘lga kiritishni istardi.
O‘ta past haroratni ta’minlovchi muzlatgichning narxi 5 mingdan 15 ming AQSH dollarigacha. Shu boisdan ko‘plab shtatlar rahbarlari budjet hisobidan bu xarajatlarni qoplashni hukumatdan talab qilishdi.
Bu orada «maxsus» muzlatgich ishlab chiqaruvchi AQSHdagi 4 kompaniya ishlab chiqarishni kengaytirishga ham ulgurdi. «Pfizer»ga buyurtma bergan mamlakatlar ham «maxsus» va qimmat muzlatgichlardan ko‘pini sotib olgandi. Bular asosan Buyuk Britaniya, Yaponiya, YEIning aksariyat mamlakatlari, Kanada va Avstraliya. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi