Kadr: TikTok
Internetda tarqalgan yonmaydigan va erimaydigan qorning siri ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Ijtimoiy tarmoqlarda «feyk qor» nomli videolar tarqaldi. Masalan, bu kabi videolarning birida ayol kishi qo‘lida oddiy qorni rakovina uzra ushlab turib, «zajigalka» yordamida eritishga uringani tasvirlangan. «Bir tomchi ham suv yo‘q — hech nima», — deydi ayol. Uning so‘zlariga ko‘ra, qor erishdan ko‘ra, yonganga o‘xshaydi.
Ayolning taxminicha, qorga kimdir qasddan plastmassa yoki metall zarralarini aralashtirib qo‘ymoqda. Boshqa videolarda qorni eritish uchun sham yoki elektrqurilmalardan foydalanilmoqda:
I am obsessed with idiots in Texas thinking the snow is fake and a government plot pic.twitter.com/7F0hsLB3hB
— B.W. Carlin (@BaileyCarlin) February 22, 2021
Foydalanuvchilarning tushuntirishicha, qorning erimasligi sabab tananing isitish vaqtida yutayotgan issiqligi miqdori, shuningdek, tananing ko‘proq issiqlik zarralarini kamrog‘iga o‘tkazish xususiyatiga bog‘liq.
Zich qilib yasalgan qor parchasi issiqlikni osonlikcha yuqori qatlamdan ichki qatlamga uzatadi. Ushbu jarayonda paydo bo‘ladigan suv esa g‘ovak tuzilmasi hisobiga yana qorga yutilib ketadi. Bu roliklarda nima sababdan qor erimaganiga izoh bo‘ladi oladi.
Texans are reporting that the SNOW WON’T MELT. pic.twitter.com/AclPqZOyNo
— SixBrownChicks (@SixBrownChicks) February 20, 2021
«Kamgina issiqlik energiyasi bu kabi o‘lchamdagi qorning izolyatsiya effekti oldida hech narsa emas. Aynan shu sababli oktabr va fevralda quyosh nuri miqdori bir xil bo‘lsa ham, fevral sovuqroq, oktabrda esa issiq kunlar bo‘lishi mumkin», — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
Qor bo‘lagidagi qora dog‘larning paydo bo‘lishi olovning o‘ziga xosligidan dalolat: u qorga yaqinlashtirilganida harorat o‘zgaradi, gaz to‘liq yonmaydi va qor yuzasida qurum paydo bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi