
Foto: «Public.tvzvezda.ru»
Vetnamda kurer yigit ko‘p qavatli uyning 12-qavatidan tushib ketgan bolani ushlab oldi. Bu haqda 2 mart kuni «Zvezda» telekanali xabar bermoqda.
Xanoy shahrida ikki yashar qizcha balkon panjarasidan o‘tib, juda katta balandlikda osilib qoldi. Odamlar baqir-chaqir qilib, yordamga chaqira boshladilar, lekin qiz tushib ketdi. O‘sha paytda binoning yonida bo‘lgan kurer Nguyen Ngok Man yashin tezligida harakat qilib, birinchi qavatning soyaboniga chiqdi va qizcha tomon qo‘llarini cho‘zdi.
«Men mashinadan sakrab tushdim, to‘siqdan oshib, tomga chiqdim — buni qarangki, joy tanlashda adashmabman, u to‘g‘ri qo‘llarimga kelib tushdi. Ostimizdagi tom yorilib ketdi. Men bolani bag‘rimga bosdim, u qattiq azob chekdi. O‘zim ham shokka tushib qoldim. O‘sha lahzada faqat ushlab olish haqida o‘ylardim, boshqa hech narsa xayolimga kelmadi», — dedi yigit.
30 yoshli qutqaruvchi politsiya boshqarmasiga taklif qilinib, bolani qutqargani uchun mukofotlandi. U yerda bolaning otasi bilan ham tanishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar