Foto: NASA
Marsga qo‘ndirilgan «Perseverance» roveri ilk sinov yurishini amalga oshirdi, deya xabar berdi NASA.
Bu bizning vaqt bilan payshanba kuniga to‘g‘ri kelib, 33 daqiqa davom etgan. Shu vaqt oralig‘ida olti g‘ildirakli qurilma 6,5 metr yurgan: to‘rt metr oldinga, 150 darajaga burilish va ortga 2,5 metr.
Bu marskezarning kelgusidagi tizim va ilmiy uskunalari sozlanishi arafasida o‘tkazilgan ilk sinov edi. NASA ta’kidlashicha, rover masofadan turib berilgan barcha buyruqlarni so‘zsiz bajargan, endi u kelayotgan ikki yil davomida qayerga yo‘naltirilsa o‘sha yoqqa yo‘l olib, ilmiy o‘rganishlar bilan shug‘ullanadi.
«Ilmiy ishga kirishgan payti rover bir yurishda 200 metr va undan ko‘proq masofaga harakatlanishini kutyapmiz», — deyiladi NASA xabarida.
Eslatib o‘tamiz, «Perseverance»ga o‘tgan yil iyul oyida Yerdan start berilgan bo‘lib, 2021 yilning fevral oyida Marsda muvaffaqiyatli qo‘ndirilgandi. U shu paytgacha Marsning fotosuratlari bilan birga videosini ham Yerga uzata oldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik"
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)