Hindistondagi tele-shou efiri vaqtida zaldagi tomoshabin teleboshlovchini urib yubordi

Mumbaylik 24 yoshli Oqil Malik musiqiy tele-shou efiri vaqtida zaldagi tomoshabinlar qatoridan turib kelgan va teleboshlovchi Gavhar Xanga tashlanib, uni urib yuborgan. Bu haqida "Independent" xabar qiladi.
"Teleboshlovchining o‘ta kalta liboslarda sahnaga chiqqani Oqil Malikning g‘azabini keltirgan" deyiladi nashrdagi xabarda.
"Musulmon ayoli jamoat joyida bunday kiyimda ko‘rinishi yaxshi emas" - deb fikr bildirgan voqea joyiga etib kelgan polisiya vakili ham.
Ayni paytda Oqil Malik hibsda ushlab turilibdi va unga nisbatan Hindiston Jinoiy kodeksining "shilqimlik uchun" moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilishi kutilmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing