Foto: Sipa USA Luka Dakskobler / SOPA Images/Si
Oxirgi ikki sutka davomida AQSH qurolli kuchlari Qandahor viloyatida "Tolibon" jangarilariga qarshi zarbalar berdi. Bu haqda Amerikaning Afg‘onistondagi kuchlari vakili AQSH piyoda qo‘shinlari polkovnigi Sonni Leggett ma’lum qildi.
"AQSHning Afg‘onistondagi qo‘shinlari oxirgi 48 soat davomida Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlariga hujum qilgan "Tolibon" jangarilariga havodan zarbalar berdi", - deb yozdi Leggett Twitter sahifasida.
Leggettning so‘zlariga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlarini "AQSH va "Tolibon" o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq" himoya qilishda davom etadi.
Toliblar Afg‘oniston hududidagi xorijiy harbiy kontingentga qarshi operatsiyalar o‘tkazilishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Ular Amerika tomonini ilgari erishilgan kelishuvlarni buzgan holda jangarilar pozitsiyalariga zarba berishda ayblagan.
2020 yil 29 fevralda prezident Donald Tramp boshchiligidagi avvalgi AQSH hukumati va "Tolibon" harakati Dohada tinchlik kelishuvi imzolagandi. Kelishuvga ko‘ra, AQSH, uning ittifoqchilari va koalitsiya 14 oy ichida Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketish majburiyatini olgandi. Toliblar esa o‘z navbatida Afg‘oniston hududidan AQSH va uning ittifoqchilari xavfsizligiga tahdid soladigan harakatlar uchun foydalanmaslikka kafolat bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi