Foto: «Daily Sabah»
Turkiyaning Chanakkale viloyatida oila begona odamni vafot etgan qarindoshi bilan adashtirib, dafn etdi. Bu haqda «Daily Sabah» xabar bermoqda.
89 yoshli Rejep Chelik COVID-19 bilan kasallangan 69 yoshli Rejep Yilmaz yotgan shifoxonada saraton kasalligidan davolanayotgan edi. Boshqa shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida joy bo‘shaganda Yilmaz u yerga ko‘chirilgan va yanglishib Chelik nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi. U o‘sha kuni vafot etgan.
Ismlar adashib ketgani bois Yilmazning o‘limi haqida Chelikning qarindoshlariga xabar berilgan. Ular uning o‘limiga COVID-19 sabab bo‘lganidan hayron qolishdi. Ammo jasadni olib ketishib, dafn etishdi. Yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasi bilan bog‘liq joriy etilgan cheklovlar marhumga yaqinlashishga imkon bermadi, shuning uchun xatoni sezmay qolishdi.
Ertasi kuni shifoxonada Chelik haliyam tirik ekanligini aniqlashib, chalkashlik haqida qarindoshlariga xabar berishdi. Bosh shifokor muolajada emas, faqat hujjatlarda xatoga yo‘l qo‘yilganini aytmoqda.
«Ustiga-ustak, ular bir-biriga juda o‘xshaydi. Ikkalasining ham boshida katta xoli va operatsiyadan qolgan chandig‘i bor», — deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi