Foto: «CC0 / Schreib-Engel /»
Yaponiyada yashovchi Koko laqabli mushuk bir insonni qutqarishga yordam bergani uchun Toyama prefekturasidagi politsiya bo‘limiga boshliq etib tayinlandi, deya xabar berdi NHK telekanali.
O‘tgan yili bir keksa odam kanalizatsiya chuquriga tushib ketdi. Kokoning g‘ayrioddiy xatti-harakati uni qutqarishga yordam berdi. U chuqurning yoniga kelib, suvga tikilib o‘tirdi. Buni payqagan mushukning egasi yaqinroq borib, yiqilgan odamni ko‘rdi va darhol yordam chaqirdi.
Politsiya ushbu harakati uchun Kokoga faxriy yorliq topshirib, maxsus forma va boshiga mitti furajka kiygizib qo‘ydi.
Jonivor bo‘lim boshlig‘i lavozimida bir kun bo‘ldi. Shu vaqt ichida mushuk boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yo‘l harakati xavfsizligi darslarida qatnashishga va, hattoki, tegishli deklaratsiyani «imzolashga» ulgurdi. Yaponiyadagi qonun-qoidaga ko‘ra, Koko panjasini qizil siyohga botirib, hujjatga «shaxsiy muhr» bosdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring去年、富山市内の用水路で倒れていた高齢の男性に気付き、救助につなげたとして警察から表彰された猫が、春の全国交通安全運動に合わせて一日警察署長に任命されました。https://t.co/VLGh1UgDE3#nhk_video pic.twitter.com/IpPo3PEgid
— NHKニュース (@nhk_news) April 14, 2021
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi