AQSHda Hyundai Santa Fe haydovchisi shlagbaumni urib yuborib, ko‘tarma ko‘prikdan sakrab o‘tdi. Ko‘ngilsiz hodisa 12 aprel kuni Floridada sodir bo‘lgan, deb xabar berdi Motor'ga tayanib "Daryo".
Amerikalik jurnalistlarda bu kabi holatga nima sabab bo‘lganini aniqlash imkoni bo‘lmagan — Hyundai haydovchisi ta’qibdan qochmagan va bir qarashda haydovchida yo‘l harakati qoidalarini buzishga jiddiy sabab bo‘lmagan. Shunga qaramay Hyundai egasi Gollivud filmlaridagi kabi harakatni real hayotda sinab ko‘rishga qaror qilgan.
[media=https://youtu.be/2z0I_O_zM_4]
AQSH politsiyasi mazkur holatga qiziqish bildirgan va qoidabuzar avtomobil raqamini topgan. Noqonuniy «kaskadyor»ning ismi ham huquq-tartibot organlariga ma’lum. Uzoq o‘ylanmay amalga oshirilgan bu kabi parvoz oqibatida hech kimga jarohat yetmagan bo‘lsa-da, haydovchi kattagina jarimaga tortilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi