Foto: NASA
Quyosh tizimida o‘lchami jihatidan Yerdan uch barobar katta yangi subneptun sayyorasi aniqlandi. Bu haqda Fransiyadagi Grenobl-Alp universiteti astronomlariga tayanib, Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi. M mitti sayyorasi atrofida aylanadigan yangi ekzosayyora TOI-269 b nomini olgan.
TOI-269 b Yerdan taxminan 186 yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan. U o‘lchami va boshqa tavsiflari sabab subneptun toifasiga kiradi. Subneptun deya radiusi yerdan katta, biroq zichligi kamroq bo‘lgan sayyoralarga aytiladi. Bu kabi sayyoralar, shuningdek, «ota-ona yulduzlar»ga juda yaqin joylashadi va ularning ta’siriga — radiatsiyasiga duchor bo‘ladi.
Xususan, yaqinda aniqlangan «o‘zga olam» Yerdan 8,8 barobar massivroq va o‘z yulduzi atrofida har 3,7 kunda aylanadi. Kuzatuvlar TOI-269 b «ota-ona yulduzlari»dan taxminan 0,0345 astronomik birlikka ortda qoladi, sayyora harorati esa Selsiy bo‘yicha 257 darajani tashkil etadi.
Qiziq jihati, mazkur ekzosayyoraning zichligi shu turdagi kosmik ob’ektlarnikidan sezilarli darajada past. Bu uchar birikmalar aralashmasidan iborat qobiqdan dalolat berishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi