Kecha otishma yuz bergan Qozondagi maktabning 25 yoshli ingliz tili o‘qituvchisi Elvira Ignateva bolani qurollangan jinoyatchidan qutqarishga uringan. Oqibatda uning o‘zi qotilning qurboniga aylangan.
Fojia guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, Ignateva bir bolani bosqinchidan uzoqlashtirgan. U Ilnaz Galyaviyevning quroliga to‘sqinlik qilib, o‘quvchini himoya qilgan. Natijada o‘qituvchining o‘zi jarohat olgan va bu o‘limga sabab bo‘lgan.
Avvalroq Elvira Ignateva koridorga chiqib, Galyaviyevning tasodifiy qurboniga aylangani haqida xabar berilgan edi.
Elvira Ignateva 2018 yilda «Yil o‘qituvchisi» tanlovida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Yana bir jarohat olgan o‘qituvchi hozirda jonlantirish bo‘limida. Gap matematika o‘qituvchisi Mullanur Mustafin haqida ketmoqda. U birinchi bo‘lib Ilnaz Galyaviyev tomonidan otib tashlangan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz kishi Qozondagi fojianing qurboniga aylangan. Ular orasida yetti nafar o‘quvchi va boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Venera Ayzatova ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda