Foto: «Haqqin.az»
AQSh oxirgi o‘n yil ichida ko‘p ming kishilik maxfiy armiyasini yaratdi, uning a’zolari mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham Pentagonning turli topshiriqlarini bajaradi. Bu Newsweek nashrining ikki yillik jurnalistik tekshiruvi natijasida ma’lum bo‘ldi.
Amerikadagi gazetaning yozishicha, maxfiy tarmoq jami 60 ming kishini o‘z ichiga oladi. Lekin agentlarning haqiqiy soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Dasturga 130 ga yaqin xususiy tashkilotlar, shuningdek, o‘nlab taniqli bo‘lmagan va maxfiy davlat tashkilotlari kiradi. Newsweek hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili yashirin armiyani ta’minlashga 900 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflanadi. Bu pullar soxta ismlar ostida harakat qiladigan agentlar uchun qalbaki hujjatlar tayyorlash, ularning nomidan hisob-kitoblar va soliqlarni to‘lash hamda niqoblash vositalari va maxsus kuzatuv moslamalarini yaratish uchun ishlatiladi.
Qayd etilishicha, maxfiy tarmoq xodimlarining qariyb yarmi maxsus operatsiya kuchlari agentlari sanaladi. Ulardan ba’zilari urush zonalarida, masalan, Pokiston va G‘arbiy Afrikada terrorchilarni ta’qib qiladi, lekin ko‘pincha ular AQShga do‘st bo‘lmagan mamlakatlarda, masalan, Eron va Shimoliy Koreyada missiya bajarish uchun jalb etiladi. Maxfiy armiya tarkibiga turli mamlakatlarda yashirin ishlaydigan harbiy razvedka mutaxassislari ham kiradi.
Bundan tashqari, gazeta yozishicha, maxfiy tarmoq ichida Internetda mavjud ma’lumotlarni to‘plash va kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi minglab mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu bo‘lim a’zolari Pentagonning maxfiy missiyalarida qatnashuvchi barcha tashkilot va odamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirishga yordam berib, butun tarmoq xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadilar.
Shu tariqa, Newsweek ta’kidlashicha, Pentagonda ishlaydigan josuslar rasmiy Vashington muntazam ravishda shunga o‘xshash jinoiy operatsiyalarni amalga oshirishda ayblab kelayotgan Rossiya va Xitoy agentlari bilan bir xilda harakat qilishadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi