Foto: AFP
Yaponiyada har yili o‘tkazish an’anaga aylangan yubari qovunlari auksionida bir juft poliz mahsulotlari 25 ming dollarga sotildi, deb xabar beradi Esquire.
Qovunlardan bolalar uchun oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi Hokkaido Products Ltd. cotib olgan. Kompaniya qovunlarni muzlatib qo‘yadi va ularning bo‘laklarini ijtimoiy tarmoqlar orqali lotereya tarzida aniqlangan oilalarga yuboradi. «Yubari qovunlari bilan og‘ir pandemiya davrida insonlar kayfiyatini ko‘tarishni istaymiz», — deydi kompaniya vakillari.
Odatda yubari qovunlarining birinchi auksioni yoz kelganidan dalolat beradi. Yubari delikates hisoblangani sabab ularning narxi 50 dollardan boshlanadi. 23 maydan buyon Xokkaydo prefekturasida jami 466 ta shu kabi qovunlar yig‘ib olingan.
Qovunning auksiondagi rekord narxi 2019 yilda qayd etilgan — 36 ming dollar. 2020 yilda pandemiya sabab yubari 1100 dollarga sotilgan edi.
Koronavirus cheklovlari bois mamlakat fermalarida yubarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi xorijlik ishchilar kela olmagan, shunga qaramay, qovun ishlab chiqarish orqali ushbu mavsumda 2,2 milliard iyena (20 million dollar) ishlab topish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi