2 800
Kim Kardashyan butunlay qo‘y yungi bilan qoplangan Lamborghini Urus’ni namoyish etdi (video)

Amerikalik aktrisa va fotomodel Kim Kardashyan qo‘y yungidan tikilgan maxsus mato bilan to‘liq qoplangan Lamborghini Urus’ni namoyish etdi. Kuzov va salonni qoplashda paxmoq yungni ayashmagan: faqat yorug‘lik texnikalar, oyna, shinalar, tepkilar, rulosti richaglar, qurilmalar paneli va axborot-ko‘ngilochar tizim tachpadlariga teginilmagan. Noodatiy «paxmoq» Urus — Kardashyanga tegishli kiyim-kechak brendining reklama kampaniyasiga aylangan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Instagram / Kim Kardashyan
Kim Kardashyan «paxmoq» Lamborghini fonida shu kabi matodan tikilgan kiyimda fotosessiya uyushtirgan. Ayollar uchun mo‘ljallangan yangi «qulay» kiyim 14 iyundan sotuvga chiqadi, Urus esa Kaliforniyadagi butiklarning birida xaridorlarni jalb etish uchun xizmat qiladi.
— Shukhrat (@bankir2102) June 14, 2021
Kardashyanning yungli Lamborghini Urus’i ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortishga ulgurgan. Bundan tashqari, bu kabi ko‘rinishda avtomobil umumiy foydalanishdagi yo‘llarda harakatlana oladi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Kim Kardashyan ilk bor Forbes talqini bo‘yicha dunyoning eng badavlat insonlari ro‘yxatidan o‘rin olgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar