AQSHning United Airlines Holdings aviakompaniyasi pandemiyadan keyin turizm sohasi tiklanishiga umid qilgan holda 270ta tor fyuzelyajli Boeing va Airbus samolyotlaridan sotib olishini e’lon qildi.
Bu kompaniya tarixidagi va oxirgi o‘n yil ichida bir aviakompaniya uchun eng katta buyurtma hisoblanadi.
Kompaniya 200ta Boeing 737 MAX va 70ta A321neo sotib olishni rejalashtirmoqda.
Kompaniyaning havo floti avval buyurtirgan samolyotlari bilan birga yaqin yillarda 500dan ko‘proq yangi tor fyuzelyajli samolyotni tashkil qiladi.
Ushbu samolyotlardan taxminan 200tasi 500ta samolyotdan iborat kompaniya flotini kengaytirish uchun qo‘llanadi. Yana 300ta samolyot foydalanishdan chiqariladigan Boeing 757-200 samolyotlari o‘rnini egallaydi.
Aviakompaniya yangi samolyotlar xarid qilayotgani munosabati bilan qo‘shimcha 25 ming yangi xodim, jumladan, uchuvchi, bortkuzatuvchi va mexaniklarni ishga olishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi