Chexiyalik ayollar endilikda hujjatlarda o‘z familiyalari oxirida “ova” qo‘shimchasini qo‘llamasliklari mumkin. Respublikaning ish yuritish haqidagi qonunlariga bu boradagi tegishli tuzmatmalarni prezident Milosh Zeman imzoladi.
Novinky.cz nashrining xabar berishicha, bungacha Chexiyada ayollar familiyalari oxiriga “ova” qo‘shimchasi qo‘shib kelingan. Bu qoida xorijlik ayollar familiyalarini ko‘rsatishda ham qo‘llangan.
Misol uchun, Germaniya kansleri Angela Merkel Chexiyada “Merkelová”, amerikalik siyosatchi Xillari Klinton esa “Klintonová” deb aytilgan.
Ushbu qo‘shimchani faqatgina xorijiy fuqarolar bilan nikohda bo‘lgan va boshqa davlatda yashash huquqiga ega bo‘lgan chexiyalik ayollarga qo‘llamaslikka ruxsat berilgan.
Biroq tilshunoslar bu tuzatmaga qarshi chiqishmoqda. Ularning fikricha, ushbu qo‘shimchadan voz kechilishi hujjatlarda gap erkak yoki ayol haqida ketayotganini bilishda chalkashlikka olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi