
Foto: AFP
O‘z ismini oshkor qilishni istamagan AQSH rasmiysining fikriga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat yomonlashmoqda. «Tolibon» harakati vakillari mamlakat poytaxti Kobulni 90 kun ichida egallashi mumkin. Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.
AQSH razvedka xodimlarining ma’lumotlariga tayanib, berilgan axborotga ko‘ra esa ayni paytda Afg‘onistondagi vaziyat iyun oyidagi holatga nisbatan ancha yomon. Rasmiy Kobul hukumatining ag‘darilishi yaqin bir oy ichida sodir bo‘lishi ham mumkin.
Tolibon jangchilari so‘nggi kunlarda to‘qqizta viloyat markazida o‘z nazoratini o‘rnatganini e’lon qilgan.
AQSH prezidenti Jo Bayden AQSH qo‘shinlarini olib chiqish to‘g‘risidagi qarori muhokama qilinmasligini ta’kidlab, afg‘onlarning harbiy jihatdan zaif harakatlariga qaramay, 20 yillik kampaniyani tugatish haqidagi qaroridan pushaymon bo‘lmayotganligini aytib o‘tgan.
«Biz 20 yil davomida trillion dollardan ko‘proq mablag‘ sarfladik, 300 mingdan ortiq afg‘on kuchlarini o‘qitdik va zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minladik. Endi Afg‘oniston rahbarlari birlashishi kerak», degan Bayden.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar