22:14 / 12.08.2021
4 720

Pokiston bosh vaziri: «Ashraf G‘ani bor ekan, Afg‘onistonda tinchlik bo‘lmaydi»

Pokiston bosh vaziri: «Ashraf G‘ani bor ekan, Afg‘onistonda tinchlik bo‘lmaydi»
Pokiston bosh vaziri Imron Xonning fikricha, Ashraf G‘ani Afg‘oniston prezidenti bo‘lib turar ekan, «Tolibon» harakati hukumat bilan tinchlik muzokaralarini olib bormaydi. Pokiston hukumati rahbari bu haqda Reuters agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Imron Xon Afg‘onistondagi mojaroni hozirgi sharoitda tinch yo‘l bilan hal qilish qiyin ekanligini ta’kidladi.

«Men «Tolibon»ni uch-to‘rt oy avval bu yerga ularning oliy rahbariyat vakillari kelganida (tinchlik muzokaralarining zarurligiga) ishontirmoqchi bo‘ldim, – dedi Pokiston bosh vaziri. – Toliblarning sharti shu: Ashraf G‘ani (Afg‘oniston prezidenti sifatida) bor ekan, afg‘on hukumati bilan gaplashmaydi».

Toliblar va ular AQSHning qo‘g‘irchog‘i deb hisoblaydigan Ashraf G‘ani yetakchiligidagi hukumat vakillarining o‘tgan yil sentabrida Qatar poytaxti Doxada boshlangan muzokaralari hech qanday natija keltirmadi.

Joriy yil 10 avgust kuni Doxada Afg‘onistondagi qurolli nizoga yechim topish maqsadida uch kunlik maslahatlashuv boshlangan, unda bir qator davlatlar, xususan, AQSH vakillari qatnashmoqda. Afg‘on siyosatchilari Pokistonni «Tolibon»ni qo‘llab-quvvatlashda ayblab keladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo