14:15 / 16.09.2021
1 464

Niderlandiya qiroli oltin aravasidan mahrum etildi

Niderlandiya qiroli oltin aravasidan mahrum etildi
Foto: Wikimedia Commons
Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandrdan oltin arava olib qo‘yildi. Bu haqda mahalliy DUIC portali xabar berdi.

Portalning yozishicha, mamlakatda «madaniy urush» davom etmoqda, buning natijasida eski urf-odatlar yo‘q qilinmoqda. Xususan, mamlakatda o‘tkaziladigan Shahzoda kuni avvalgidek nishonlanmadi. Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr oltin aravada Gaaga parlamentiga borishi kerak edi. Ammo monarxga an’anaviy transport vositasi berilmadi. Buning sababi — uning oltin aravasi jamiyatda bo‘linish keltirib chiqargan. Natijada qirol xalq bilan salomlasha olmadi.

Qayd etilishicha, endi qirol o‘zining hashamatli transport vositasini faqat Amsterdam muzeyida tomosha qilishi mumkin bo‘ladi.

Foto: Facebook
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr 21 yil davomida KLM aviakompaniyasi fuqarolik reyslarida uchuvchi bo‘lib ishlagan. Yo‘lovchilar bu haqda bilmagan. U 2013 yilda taxtga o‘tirganidan keyin ham uchuvchilik qilishda davom etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiya qiroli oltin aravasidan mahrum etildi