
Pekindan Parijga uchayotgan Boeing777 samolyoti bortida portlash yuz berdi. Bu haqda RЕN TV telekanali ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Air France aviakompaniyasiga tegishli. Voqeadan keyin samolyot parvozga ko‘tarilgan aeroportiga qaytgan.
Ta’kidlanishicha, hech kim jabrlanmagan. The Beijing Daily gazetasining yozishicha, portlash ovozi salonning orqa qismida paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng, salonda qora tutun tarqagan.
Aviakompaniya hozircha hodisa haqida hech qanday izoh bermagan, faqat yo‘lovchilar tez orada Parijga yetkazilishini ma’lum qilgan.
Voqea sabablari mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar