Foto: Getty Images
Taniqli biznesmen, Tesla va SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask qallig‘i — qo‘shiqchi Grayms (haqiqiy ismi Kler Elis Bushe) bilan ajrashdi. Milliarder kenja o‘g‘lining onasi bilan endilikda birga emasligini shaxsan tasdiqlagan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
«Biz qisman ajrashdik, ammo oldingidek bir-birimizni yaxshi ko‘ramiz, tez-tez ko‘rishib turamiz va yaxshi munosabatdamiz», — deydi Mask.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mask Texasda ishlab, tez-tez xorijiy safarlarni amalga oshirmoqda, Grayms esa Los-Anjelesda yashayapti.
Eslatib o‘tamiz, juftlik haqida birinchi bor 2018 yilning mayida xabarlar tarqalgan edi. Oradan ikki yil o‘tgach, ular o‘g‘illi bo‘ldi va unga X Æ A-Xii deya ism qo‘ydi. Graymsning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ismdagi X — noma’lum o‘zgaruvchi, Æ — Graymsning aytishicha, bu belgi elflar tilida sun’iy ong ma’nosini beradi, shu bilan birga, sevgi so‘zi ham shunday yoziladi, A-12 — juftlikning sevimli samolyoti — Lockheed A-12 hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi