13:55 / 01.10.2021
6 473

Dengiz yaqinidagi eng qimmat va hashamatli uylar (foto)

Dengiz yaqinidagi eng qimmat va hashamatli uylar (foto)
Dengiz mavjlari, shafaq va go‘zal manzarani tomosha qilib, rohat hissini tuyish imkonini beruvchi uylar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Villa Leopolda (Fransiya) 750 million

Foto: Cosmopolitan
Leopolda villasi fransuz riverasining moviy qirg‘og‘iga ko‘rk bag‘ishlab turadi. Dunyodagi eng qimmatbaho xususiy uylardan biri Belgiya qiroli Leopolda II (to‘g‘rirog‘i uning qaylig‘iga) uchun qurilgan. Qo‘rg‘on maydoni 2000 kvadrat metrni tashkil qiladi. 14,2 gektarli botanika bog‘iga naqd 50 nafar bog‘bon qaraydi. Devorlari qaymoqrang marmar bilan qoplangan qasrning ichi tilla shtofdan ishlanganini ko‘rish mumkin. Devorlarni esa oyna va suratlar bezab turadi. Xonalar ichida kam uchraydigan daraxtlardan va qimmatbaho matolardan tayyorlangan mebel borligini ko‘rish mumkin. Uyda 14 ta yotoqxona mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z rangida jihozlangan. Tashrif buyurganlar yog‘ochdan ishlangan kutubxonani ko‘rishi yoki uzun zinapoya bo‘ylab O‘rta dengizning sohiliga tushishi mumkin.

Hearst Mansion (Los-Anjeles) 165 million dollar

Foto: Cosmopolitan
Hearst qasri Kaliforniyadagi Tinch okean sohilida joylashgan. Maydoni 6750 kvadrat metrni tashkil qiladigan uyning bir derazasidan quyosh, boshqasidan dengiz, uchinchisidan esa tog‘ ko‘rinib turadi. O‘rtasida 110 xonali katta uy mavjud bo‘lgan turar joyning hududida teatr, aeroport va dunyodagi eng katta xususiy hayvonot bog‘i bor. Tashqi tomoni turli arxitektura uslubida interer ichi esa media magnat butun umri davomida to‘plagan san’at asarlari hamda antikvarlar bilan bezatilgan. Rim hovuzi «Neptun» hashamatga yaqqol misol bo‘la oladi. Uning chetini qadimgi Rim fontani hamda Misrdan olib kelingan ustun va ajoyib haykallar bezab turibdi. Sayqal uchun oltin bilan naqsh berilgan shishali plitalar ishlatilgan.

Razor Residence (Kaliforniya) 117 million dollar

Foto: Cosmopolitan
Tinch okean sohilidagi maydoni 11000 kvadrat metrni tashkil qiladigan bino beton va shishadan ishlangan. Arxitekturasidan tashqari, go‘zal tabiat bag‘rida ekani hamda sharsharali hovuz va ochiq terrasaning mavjudligi yanada o‘ziga xos ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Oynaning kattaligi ichki hududni keng bo‘lib ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Shafaqdan to tong otgunicha, quyosh nurlarining turli intensivligi tufayli xonalarning yoritilishi va «kayfiyati» o‘zgarib turadi. Bundan tashqari, doimo dengiz mavjlaridan bahra olish imkoniyati ham mavjud.

Lemperle Residence (Kaliforniya) 95 million dollar

Razor Residence
Tinch okean sohilida joylashgan Quyosh (Lemperle) deb nomlanuvchi xususiy rezidensiya «amerikancha orzu»ning yaqqol timsoli hisoblanadi. Yog‘och, shisha va betondan ishlangan mazkur bino ultra xay-tek uslubida yaratilgan. Uni qurgan binokorning maqsadi bino va tabiat o‘rtasidagi chegarani yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan. Panorama oynalaridan okean to‘lqinlari, go‘zal manzara ko‘rinib turadi. O‘ziga xos terrasa kishini o‘ziga jalb qilmay qolmaydi. Yong‘oq daraxtidan yasalgan mebel uyni bezab turadi. Aksessuarlar, hayvonlar terisi va avangard rasmlar dizaynning ajralmas qismi hisoblanadi.

Muraka villa (Maldiv orollar) 15 million dollar

Foto: Cosmopolitan
Dunyodagi ilk suvosti villasining nomi «marjon» deb tarjima qilinadi. Lakkadiv dengizining tubida 9 kishiga mo‘ljallangan ikki qavatli villa, yuqoridagi uylardan arzonroq ekaniga qaramay, non-xau planida yetakchilik qiladi. 2018 yildan buyon tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘lgan Muraka besh yulduzli mehmonxonani esga soladi. Katta mehmonxonadan Hind okeani ko‘rinib turadi. Suvdan 5 metr chuqurlikda suv o‘tkazmaydigan modul o‘rnatilgan. Unda esa akvarium texnologiyasi qo‘llangan: devor va shiftari shaffof joy mavjud. 180 darajadagi gumbazlar esa akrildan ishlangan. Yotoqxona, mehmonxona yoki vanna xonasida dengiz hayvonlarini tomosha qilsa bo‘ladi. U yerga lift yoki aylanali zinapoya bilan tushish mumkin. Tashrif buyutuvchilar uchun keragidan ortiq imkoniyatlar yaratilgan maskanda tunash uchun kuniga 30 ming dollar to‘lash kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dengiz yaqinidagi eng qimmat va hashamatli uylar (foto)