"Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" go‘zallik tanlovining yarim final bosqichidagi ochiq ovoz berish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi.
Olingan ovozlar soni bo‘yicha ikki nafar o‘zbekistonlik qiz tanlovning finaliga chiqdi. Ularga 2 mingdan ortiq ovoz berildi.
23 yoshli Abdildayeva Kamola RUDN universiteti talabasi.
Abdildayeva Kamola
Yana bir o‘zbekistonlik ishtirokchi - 25 yoshli urganchlik Karimova Rushana.
Karimova Rushana
Tanlovda hozirda Rossiyada bo‘lgan voyaga etgan migrant qizlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning yarim finalida jami yetti nafar o‘zbekistonlik qiz ishtirok etdi. Tojikiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Turkmaniston, Qozog‘iston va Senegal go‘zallari ularga raqib bo‘lishdi.
"Miss FMR" finali 9 oktabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Uch finalchi mukofot oladi: "Miss FMR" va "vitse-miss FMR", shuningdek "Tomoshabinlar e’tirofi" nominatsiyasi g‘olibi.
Migrant ayollar o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan go‘zallik tanlovi ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili tojikistonlik Fotima Kaladorova g‘olib bo‘lgandi, "vitse-miss" unvoni Rossiya Tuva Respublikasidan Diana Badirgi qo‘lga kiritdi, “tomoshabinlar e’tirofi” esa qirg‘izistonlik Kamila Polotbekovaga nasib qildi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi