Hindistonda Dehli aeroporti yaqinidagi avtomobil yo‘li ustidan o‘tgan piyodalar o‘tish tunneli ostida samolyot tiqilib qoldi. Ko‘prik ostida qolib ketgan samolyot videosi ijtimoiy tarmoqlarda ommaviylashdi va unga The Times of India nashri muxbirlari e’tibor qaratishdi.
Air India logotipiga ega samolyot qanoti olib tashlangan holda bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, voqea 3 sentabrda Dehlini Gurgaon shahri bilan bog‘lovchi trassada yuz bergan.
The Times of India nashri muxbirlari ushbu holat yuzasidan Air India aviakompaniyasiga murojaat qilishgan. Aniqlanishicha, ko‘prik ostida tiqilib qolgan samolyot eski va buzuq bo‘lgani sababli utilizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan. Biroq unga xaridor chiqib qolgan va u jismoniy shaxsga sotib yuborilgan. Samolyotning yangi egasi esa uni ko‘chirib o‘tkazishga qaror qilgan. Biroq ko‘rinishicha, samolyotni olib ketayotgan haydovchi uning o‘lchamlarini hisobga olmagan va buning natijasida katta o‘lchamli samolyot ko‘prik ostida tiqilib qolgan.
Videoda samolyot yo‘lning bir qismini to‘sib qo‘ygani, uning tumshuq qismi va korpusining yarmi ko‘prik ostidan o‘tgani, biroq orqa tomoni qolib ketganini ko‘rish mumkin.
Ta’kidlanishicha, Hindistonda xuddi shunga o‘xshash hodisa 2019 yilda ham yuz bergan. O‘shanda Durgapur shahrida pochta xizmati samolyoti ko‘prik ostida tiqilib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi