Gondurasda Karib dengizida joylashgan Guanaxa orolida katta yong‘in oqibatida 200 dan ziyod bino yonib ketdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatgan.
«Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q, biroq hodisa oqibatida orol aholisiga katta miqdorda moddiy zarar yetgan», – degan Gonduras favqulodda vaziyatlar milliy agentligi rahbari va favqulodda holatlar milliy tizimi vaziri Maks Gonsales.
Uning so‘zlariga ko‘ra yong‘inlar oqibatida to‘rt nafar odam jarohatlangan.
Qayd etilishicha yong‘in 2 oktabr kuni tongotarga yaqin vaqtda boshlangan. Orolda yong‘in o‘chirish xizmati yo‘qligi tufayli mahalliy aholi vaziyatni nazorat ostiga olishga uringan. Ammo yong‘inni o‘chirishning imkoni bo‘lmagan va favqulodda holatni bartaraf etish uchun samolyotlarda harbiylar jalb qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi