Foto: AFP
Buyuk Britaniya va Norvegiyani yashil elektr energiya almashish uchun bog‘laydigan uzunligi 725 kilometrli suvosti kabeli foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi Bi-Bi-Si.
Shimoliy dengiz tubi bo‘ylab tortilgan kabel Angliya shimolidagi Blit va Norvegiyaning Kvilldal qishloqlarini bir-biriga bog‘ladi.
Britaniyaning National Grid energetika kompaniyasi bayonotida aytilishicha, kabel to‘liq 1400 megavatt quvvat bilan ishlaganda 1,4 millionta uyni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
National Grid Ventures kompaniyasi prezidenti Kordi O'Haraning so‘zlariga ko‘ra, loyiha “muhandislik san’atining durdonasi” bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Norvegiyaning Statnett energetika kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihaning qiymati 1,6 mlrd yevroni tashkil etadi.
Britaniya Belgiya, Fransiya va Niderlandiya bilan ham suvosti kabellari orqali bog‘langan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi