Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Kosmodrom qurilishida qancha o‘zbekistonlik ishlashi haqida ma’lumot berdi.
Pilot loyiha bo‘yicha o‘zbekistonlik quruvchilarining qariyb 10 foizi "Vostochniy" kosmodromi qurilishida ishtirok etadi.
Bu haqda Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Irek Fayzullin ma’lum qildi.
"Men hozir aniq raqamni eslay olmayman, lekin ular taxminan 10 ming kishilar orasida 1 mingga yaqini belgilandi. Ikki kompaniya - PSO “Qozon” va “Krocus” kosmodromda qurilish olib bormoqda”, - dedi Fayzullin.
Iyul oyi oxirida 140 nafarga yaqin o‘zbekistonlik Amur viloyatidagi "Vostochniy" kosmodromi qurilish ishlariga ketdi.
Kuni kecha yana yuz nafardan ortiq kishi jo‘nab ketdi.
"Toshkent va Samarqanddan tanlov va tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan respublikaning 107 nafar fuqarosi Rossiyaning Amur viloyatidagi kosmodrom qurilish maydonchalariga ishlash uchun jo‘nab ketdi", - deyilgan Tashqi migratsiya agentligi xabarida.
Fuqarolarni ish joyiga yetib borish (transport), ishlash uchun ruxsatnomasi (patent) va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin