Foto: EPA
Brent markali neft narxi London birjasi (ICE Futures)dagi dekabr oyi uchun fyucherslarda $1,93 ga o‘sib (+2,34 foiz), bir barreli 84,32 dollarga yetdi.
WTI markali neft qiymati esa Nyu-York tovar birjasi (NYMEX)dagi noyabr oyi fyucherslarida 2,31 dollarga sakrab (+2,91 foiz) bir barreli 81,66 dollarni tashkil etdi. Bu so‘nggi yetti yildagi eng yuqori narx.
Osiyo iqtisodiyoti tiklanishi ortidan energiya tashuvchilarning narxlari o‘smoqda. Aholini vaksinatsiyalash sur’ati jadallashib cheklovlar olib tashlanmoqda, o‘z navbatida, iste’mol va talab tinmay oshyapti.
Yevropa va Osiyodagi energetika inqirozi gaz va ko‘mir narxi qimmatlashishiga olib keldi, bu esa neftni energiya ishlab chiqaruvchi jozibador xom ashyoga aylantirdi.
Shuningdek, OPЕK+ mamlakatlari neft chiqarishni sutkasiga 400 ming barrelga ko‘paytirgani ham «qora oltin» narxining sakrashiga turtki berdi.
Shu haftada OPЕK neft bozoriga bag‘ishlangan oylik hisobotini taqdim etishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi