1 624
Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston va unga qo‘shni davlatlarga 1 milliard yevrolik yordam ko‘rsatadi
Foto: AFP / Bulent Kilic
Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen “Katta yigirmatalik”ning Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvida afg‘on xalqi va Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarga 1 milliard yevrolik yordam paketi ajratilishini e’lon qiladi. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Biz Afg‘onistonda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy tanazzulni bartaraf etish uchun imkoni bor ishni qilishimiz lozim. Biz buni iloji boricha tezroq amalga oshirishimiz darkor”, deb aytgan fon der Lyayen.
Yevrokomissiyada ta’kidlanishicha, afg‘onlar “toliblarning xatti-harakatlari uchun haq to‘lamasliklari kerak”. Yordam paketi afg‘on xalqi va afg‘onlarga yordam ko‘rsatgan qo‘shni davlatlarga mo‘ljallangan.
Jumladan, ajratiladigan mablag‘lardan 300 mln yevro Afg‘onistonda koronavirusga qarshi emlash ishlariga va inson huquqlari himoyasiga, 250 mln yevro sog‘liqni saqlash tizimiga, qolgan mablag‘lar esa Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarni qo‘llab-quvvatlashga va xavfsizlikni oshirishga yo‘naltiriladi.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining Afg‘onistonning rivojlanishiga mo‘ljallangan yordami muzlatilgan holda qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi