08:30 / 18.10.2021
1 594

Angliya:da musulmonlar ta’lim uchun halol kreditni talab qilmoqda

Angliya:da musulmonlar ta’lim uchun halol kreditni talab qilmoqda
Musulmon jamoalari hukumatdan bu tizimni 2022 yilning sentabriga qadar joriy qilishni so‘ragan.

Muslim Census tashkiloti o‘tkazgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, Buyuk Britaniyada yuz mingga yaqin yosh musulmonlar o‘z ta’limi uchun to‘lashga mablag‘lari yo‘qligi va diniy nuqtai nazardan bank kreditlaridan foydalana olmasliklari sababli ta’lim olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

36 ming respondentdan 71% zamonaviy bank tizimini musulmonlarga nisbatan kamsituvchi deb atagan.

Biroq, musulmon moliyachilar vaziyatni to‘g‘rilashga harakat qilmoqda. Yoshlarning ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun “Takoful” – halol kreditlash tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning doirasida talaba o‘z hissasi hisobidan shakllanadigan o‘zaro yordam fondidan ta’lim olish uchun kredit oladi. Universitetga kirgandan so‘ng, u boshqa abituriyentlarning o‘qishga kirishini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘sha o‘zaro fondga sadaqa sifatida xayriya qilib, qarzni to‘lashni boshlaydi.

Garchi bu tizim 2016 yilda ishlab chiqilgan va Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa-da, hali hech bir moliyaviy tashkilot uning asosida kredit berishni boshlamagan. Shu munosabat bilan Muslim Census va boshqa musulmon jamoat birlashmalari hukumatdan 2022 yilning sentabriga qadar bu tizimni joriy qilishni so‘ragan.

Hozirda Buyuk Britaniyada uch millionga yaqin musulmon istiqomat qiladi va shuning uchun mamlakatda islomiy moliyaviy vositalarga talab ortib bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angliya:da musulmonlar ta’lim uchun halol kreditni talab qilmoqda