
Foto: «Shutterstock»
Yerga o‘xshash yana bir sayyora bor — astrofiziklar tomonidan ishlangan Quyosh tizimining 4,5 milliard yillik evolyutsiyasini aks ettiruvchi kompyuter modeli olimlarni ushbu farazni ilgari surishga undayapti.
Noma’lum sayyorasiz Yer mavjud bo‘lmasdi, deb yozmoqda «Layf». Yupiter — Quyosh tizimiga kiruvchi sayyoralarning «yarimhimoyachisi». Demak, o‘sha sirli sayyora ham zaminimizda hayotning saqlanib qolishida ahamiyat kasb etgan.
Quyosh tizimining butun tarixi davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealar rivoji talqinlari barcha holatlarda sayyoralar yana bir, noma’lum sayyora tufayli hozirgi holatga kelganidan so‘zlamoqda. Shunday sayyora mavjud edi yoki hozir ham bor. Kattaligi Yer yoki Marsdek, biroq Saturn yoki Yupiterga qo‘shni bo‘lgan.
So‘ngra ulkan gaz sayyoralarning tortishish kuchi uni kamida Neptun ortiga itqitgan. U hozir Quyosh tizimidan tashqarida, balki yaqinroqda bo‘lishi mumkin, buni Yerdan kuzatish hozircha imkonsiz. Olimlar teleskoplar yanada takomillashgach ushbu farazlar haqiqat yoki ro‘yo ekaniga oydinlik kiritilishiga umid qilishyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar