MRB jahon urushidan ogohlantirdi! Qachon? Qayerda? Nima uchun?

Dunyo1 daqiqa o'qish5.2K
MRB jahon urushidan ogohlantirdi! Qachon? Qayerda? Nima uchun?
Foto: «Infosmi.net»
Markaziy razvedka boshqarmasi chop etgan ma’ruzaga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda sayyoradagi iqlim o‘zgarishi sababli dunyoga global harbiy mojaro xavf soladi.

«Iqlim o‘zgarishining kuchayib borayotgan jismoniy ta’siri transchegaraviy geosiyosiy qaynoq nuqtalarni yanada zo‘raytirib yuborishi hech gap emas. Negaki davlatlar o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli chora ko‘rishadi», – deyiladi hujjatda.

Mualliflarning fikricha, 2040 yilgacha dunyoda «iqlim to‘qnashuvlari» boshlanadi, bunda tomonlar bir-biriga qarshi qurg‘oqchilik va suv toshqini kabi tabiiy ofatlarni kuchaytiruvchi texnologiyalarni qo‘llaydi. Gap, birinchi navbatda, geomuhandislik texnologiyalari haqida bormoqda.

Mutaxassislar, shuningdek, global isishning oldini olish uchun issiqxona gazlari chiqishini kamaytirishni nazarda tutuvchi iqlim bo‘yicha Parij bitimini amalga oshirish yuzasidan kelishmovchiliklar bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida keskinlik kuchayib borishidan ogohlantirmoqda.

«Aksariyat davlatlar qiyin iqtisodiy cheklovlarga duch kelishadi va keyinchalik chiqindilarni tezda qisqartirish uchun texnologik yutuqlarga umid qilishlari mumkin bo‘ladi. Haroratning ko‘tarilish trayektoriyasini aniqlashda Xitoy va Hindiston hal qiluvchi rol o‘ynaydi», – deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, hisobot mualliflari rivojlanayotgan mamlakatlarda iqlim o‘zgarishi ta’siri tufayli ichki mojarolar xavfi kelib chiqishini ta’kidlaganlar, chunki bu davlatlar yangi sharoitlarga moslashishga qiynalishadi.

Iqlim urushidagi potensial istiqbolli nuqtalarga Kongo, Hind, Mekong va Nil daryo havzalari kabi mintaqalar kiradi. U yerda nizolar daryo kanallarining o‘zgarishi va suv oqimlarining yo‘nalishi tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Hisobotda global iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlaridan eng ko‘p aziyat chekuvchi 11 davlat sanab o‘tilgan. Tahlilchilarning fikricha, bu davlatlar omon qolish uchun haddan tashqari choralar ko‘rishi mumkin. Gap, xususan, yadro quroliga ega bo‘lgan Xitoy, Hindiston va Pokiston, shuningdek, Afg‘oniston, Shimoliy Koreya, Myanma hamda Markaziy va Janubiy Amerikaning bir qator davlatlari haqida bormoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?