07:30 / 30.10.2021
1 088

Tramp Mark Sukerbergni “jinoyatchi” deb atadi

Tramp Mark Sukerbergni “jinoyatchi” deb atadi
Foto:facebook.com/DonaldTrump
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Facebook kompaniyasining bosh direktori Mark Sukerbergni jinoyatchi deb atadi va uni 2020 yilgi prezident saylovlariga aralashishda aybladi.

Daily Mail nashrining yozishicha, Tramp o‘z tarafdorlariga xabar yo‘llab, unda Sukerberg va uning raqifasi Prissilla Chan mahalliy saylov komissiyalariga 400 mln dollardan ko‘proq pul xayriya qilgani, bu esa prezident saylovlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatganini ma’lum qilgan.

Fikrimcha, Mark Sukerberg 400 mln dollardan ko‘proq pul sarflab, prezident saylovlari borishini o‘zgartira olgan jinoyatchidir”, deb aytgan sobiq prezident.

Gap 2020 yil kuzida Sukerbergning Texnologiyalar va fuqarolar hayoti markaziga (CTCL) hamda Saylovlar sohasida innovatsiyalar va tadqiqotlar markaziga (CEIR) 419,5 mln dollar xayriya qilgani haqida bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, CTCL va CEIR ushbu pullarni saylov uchastkalarida koronavirus tarqalishi oldini olishga mo‘ljallangan himoya qurilmalari, pochta orqali yuborilgan ovoz berish byulletenlarini qayta ishlash uchun qurilmalar va boshqa zarur vositalarni sotib olish uchun mahalliy hokimiyat idoralariga yo‘llagan.

CTCL va CEIR biror-bir partiyaga aloqador bo‘lmagan tashkilotlar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, The Federalist nashrida e’lon qilingan tahlil markazlar pullarni asosan demokratik partiyaga aloqador doiralarda taqsimlaganini ko‘rsatgan. Shundan keyin Respublikachilar partiyasining yuridik guruhi 9 ta shtatda xayriyalarga qarshi shikoyat arizasi topshirgan. Sukerbergning o‘zi esa mablag‘lar qonunga zid maqsadlarda qo‘llanmaganini aytgan.

28 oktabrda Sukerberg Facebook kompaniyasi Meta deb qayta nomlanishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Mark Sukerbergni “jinoyatchi” deb atadi