Kim Chen In xalqini kamroq ovqatlanishga chaqirdi

Kim Chen In xalqini kamroq ovqatlanishga chaqirdi
Foto: «Fokus»
Shimoliy Koreya davlat rahbari Kim Chen In navbatdagi chiqishlaridan birida xalqidan ishtahasini jilovlab turishni, ya’ni kamroq ovqatlanishni so‘radi. Dohiyning «iltimosi» — KXDRda qonun.

Kimning ta’kidlashicha, yarim ochlik tezda o‘tib ketadi: «atigi» 2025 yilgacha kutilsa bas, Xitoy bilan chegaralar ochilsa oziq-ovqat oqib kelaveradi. Hozir koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralar yopiq.

Biroq oziq-ovqat va boshqa mollar taqchilligidan narxlar tinmay oshayotgan Shimoliy Koreyada yashovchilar bir necha yil kutish tugul, ko‘proq kelayotgan qishdan eson-omon chiqib olishni o‘ylashmoqda. Kamarni yanayam mahkamroq bog‘lashdan boshqa tanlovning o‘zi yo‘q.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar